8 Fevral 2024 yil 381

Dehqonobod tumanida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi


 Dehqonobod tuman hokimligida oʼtgan va joriy yilning bir oyi davomida jinoyatchilikni jilovlash hamda ichki ishlar organlari xodimlari oʼrtasida xizmat intizomi va qonunchilik buzilishini oldini olishga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. 

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi polkovnik Аbduvohid Salomovich Ismoilov, sektor rahbarlari, IIB xodimlari, tashkilotlar va mahallalar yettiligi ishtirok etgan yigʼilishni tuman hokimi Аkrom Sulaymonov ochdi. 

Viloyat IIB boshligʼi polkovnik Аbduvohid Salomovich Ismoilov tadbirda soʼzga chiqib, tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, xodimlar oʼrtasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishini atroflicha tahlil etdi. 

Muhokama etilgan masalalar yuzasidan boshqarma boshligʼi masʼullarga aniq topshiriq va yoʼriqnomalar berdi. 

Koʼlami keng yigʼilishda podpolkovnik Musurmon Boʼriev Dehqonobod tuman IIB boshligʼi lavozimiga tayinlandi.


Text to speech