27 Yanvar 2025 yil 565

Dehqonobod tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik M. Bo‘riyev bo‘lim JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi.

Unda nazorat ostida turgan shaxslarning oldini olish, huquqbuzarlik va jinoiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, salbiy xatti-harakatlar sodir etilishini oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi. Nazoratda turgan shaxslar xulq-atvorini o‘zgartirishi, yurtimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga moslashishi, foydali ish bilan shug‘ullanish, qayta jinoyat sodir etmaslik bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinayotgani bildirildi. Shuningdek,  Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirilib, nazoratdagi shaxslarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamqida ma’lumotlar berildi.

Text to speech