Dehqonobod tuman IIBda joriy yilning olti oyida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Unda Qashqadaryo viloyat IIB va tuman IIB
rahbariyati, tezkor va boshqa sohaviy xizmat vakillari ishtirok etishdi.
Hisobot yig‘ilishida boshqarma boshlig‘i
o‘rinbosari, podpolkovnik Isroil Ximmatov ishtirok etib, joriy yilning o‘tgan
davrida tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, sodir
etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, jamoat tartibini saqlash,
fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari
tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy-tahlil etdi.
Huquqbuzarliklar, jinoyatlarni erta aniqlab
oldini olish va ro‘y berganlarini fosh etish, qonunbuzarliklarga barham berish,
jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda tuman IIB tezkor va sohaviy
xizmatlar xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng
jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligi
ishtirokchilarga tushuntirildi.
Yig‘ilish so‘ngida bir guruh na’munali faoliyat
olib borgan, ko’rsatgichlari yaxshi boʻlgan xodimlarning ota-onalariga
tashakkurnomalar va oʻzlariga qimmatbaho sovgʻalar topshirildi hamda kelgusida
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yigʻilish ishtirokchilari
bilan oʻzaro belgilab olindi.