23 Iyul 2021 yil 494

Dehqonobodda karantinga zid ravishda faoliyat yuritayotgan oshxonalar faoliyatiga qarshi reyd tadbirlari boshlandi

Tuman IIB tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tadbirda kechki payt soat 20:00 dan keyin faoliyat koʼrsatayotgan oshxona, kafe, choyxona va restoranlar masʼullari ogohlantirilib, ularga Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 54-modda 2-qismi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jarima qoʼllanilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan joriy yil 20 iyuldan boshlab, mamlakatdagi umumiy ovqatlanish obʼektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga (mehmonxonalarda tashkil etilgan restoran va kafelar bundan mustasno) ruxsat berilgan edi.

“Tadbirda masʼullar ogohlantirilmaganmiz deyishmoqda. Аslida maxsus komissiya qarori televidenie va radioda, internet saytlarida, ijtimoiy tarmoqlarda ham bot-bot eʼlon qilinmoqda. Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi”, — deydi tuman IIB boshligʼi oʼrinbosari Dilshod Mirzaev.

Text to speech