15 Iyul 2022 yil 307

Dehqonobod tuman iibda hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    Dehqonobod tuman IIBda joriy yilning birinchi yarmida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, jamoat tartibini hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

  Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Olimjon Abdullayev tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan faoliyatda davomida erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tanqidiy muhokama qilib, huquq-tartibotni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlashda keng jamoatchilik, ayniqsa, mahalla beshligi, qishloq oqsoqollari, faollar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligini ta’kidladi.

  Hisobot yig‘ilishida faoliyati davomida ijobiy natijalarni qo‘lga kiritgan bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar va tashakkurnomalar topshirilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech