DАVRNING DOLZАRB MUАMMOSI
Bashariyatning dolzarb muammolaridan biri - yoshlar orasida giyohvandlik illatining tarqalishini oldini olishdir. Oʼzini shu yurtning kelajagiga daxldor deb bilgan va kelgusida ravnaq topishiga oʼz hissasini qoʼshmoqchi boʼlgan har bir hamyurtimiz bu kabi illatlarga qarshi qatʼiy kurashmogʼi lozim.
Аlbatta, illatga qarshi kurashishda jamiyatga sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, bilimli va oʼz mustaqil fikriga ega, maʼnaviyatli yoshlarni tarbiyalash lozim. Xalqimizning bir bolaga yetti mahalla ota-ona, degan naqlidan kelib chiqib, har bir yoshni oʼz farzandidek nazorat qilib, “oʼzganing bolasi” degan tushunchadan xoli boʼlish ana shular jumlasidan. Bu jarayonda barcha soha vakillarining oʼz oʼrni va vazifasi bor. Аmmo eng muhimi, yurtga, sadoqat bilan xizmat qilish, kasbiga mehr qoʼyib, har bir ishga vijdonan yondoshish ham mazkur jarayonning ajralmas bir qismidir.
Аynan shu jaryonda boshqa soha vakillari singari ichki ishlar organlari xodimlari ham maktab oʼquvchilari va yoshlar hamda ularning ota-onalariga giyohvandlikning zararli oqibatlarini tushuntirish bilan bir qatorda, Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida giyohvand vositalarni isteʼmol qilganlik, uni tarqatganlik va boshqa qonunga xilof xatti-harakatlar uchun belgilangan jazo choralari xususida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yilning
18-yanvar kunidagi “Yoshlar orasida giyohvandlik va OIV infektsiyasi tarqalishining oldini olish profilaktik tadbirini oʼtkazish toʼgʼrisida”gi Farmoyishi asosida Qashqadaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan temir yoʼl va havo transporti inshootlariga yaqin joylashgan maktab, mahalla va oliy taʼlim muassalarida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va OIV infektsiyasining insonlar, ayniqsa, yoshlar hayotiga koʼrsatishi mumkin boʼlgan salbiy taʼsiri toʼgʼrisida keng koʼlamli profilaktik tushuntirish tadbirlarini tashkil etmoqda.
Tadbir boshidan shu davriga qadar Qarshi shoxbekati va Qarshi xalqaro aeroporti yoʼlovchilariga hamda maktab oʼquvchilari va oliy taʼlim muassasi talabalariga “Biz giyohvandlikka qarshimiz”, “Giyohvandlik – asr vabosi” sarlavhali 100 dan ortiq qoʼllanmalar tarqatilib, 21 ta maktab, 40 ta mahallada targʼibot tadbirlari oʼtkazildi. Shuningdek, viloyatimiz hududidan kesib oʼtuvchi barcha temir yoʼl bekatlarining maʼmuriy binolari kirish eshiklariga giyohvandlikning ayanchli oqibatlari aks etgan suratlar tasvirlangan va fuqarolar uchun qoʼshimcha maʼlumot sifatida psixotrop dori vositalarining roʼyxati kiritilgan rasmli ilovalar ilindi.
Olib borilayotgan targʼibot tadbirlari jarayonida asosiy eʼtibor maktablarning yuqori sinf oʼquvchilariga qaratilib, ular bilan oʼtkazilayotgan suhbatlarga tibbiyot xodimlarining bevosita ishtirok etishlarini taʼminlanmoqqda. Tibbiyot xodimlari OIV infektsiyasining yuqish yoʼllari va giyohvandlikning bu jarayonga bevosita bogʼliq jihatlari xususida maʼlumotlar berib, ishtirokchilarning tibbiy savodxonliklari oshirilmoqda.
Shuning bilan bir qatorda yoshlarning mazkur tadbirlarda bevosita ishtirokini taʼminlash hamda imkon boricha koʼproq aholi qatlamini giyohvandlik va OIV infektsiyasini zararli taʼsirlari toʼgʼrisida xabardor qilish maqsadida, isteʼdodli maktab oʼquvchilari tomonidan chizilgan “Biz giyohvandlikka qarshimiz”, “Sogʼlom hayot” mavzusidagi chizmalar Qarshi shahar hududida aholiga transport xizmatini koʼrsatuvchi bir nechta avtobuslar va yoʼnalishsiz taksilarga ilib chiqildi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda