Davra suhbatlari o‘tkazilmoqda
Dehqonobod
tumanning Dehqonobod mahallasidagi 69-maktabda tuman IIB JXX HPB XQMB katta
inspektori katta leytenant D.Quvvatova tashabbusi bilan mahalla xotin-qizlari
faoli hamkorligida yoshlar kelgusidagi hayotini chiroyli davom ettirishlari
masalalari yuzasidan 9-11 sinf o‘quvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil
etildi.
Unda
qizlarni yoshligidan unashtirish, erta turmush qurishning ziddiyatlari
mavzusida tushuntirishlar berib o‘tildi. Mas’ullar tomonidan turmushga
chiqishiga majburlash uchun jinoiy javobgarlik mavjud ekanligi to‘g‘risida
ogohlantirildi.
Oddiy sababga ko‘ra, qizning qarindoshlari
shoshilgani bois to‘liq shakllanmagan, o‘zi hali go‘dak bo‘lib turib, juda
katta yoshdagi hayotni boshlashga umuman tayyor bo‘lmagan bolalarni
majburlashni hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydi.