31 Iyul 2021 yil 566

Davo istab, dard topdi


Respublika miqyosida oʼtkazilayotgan “Qoradori-2021” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Qashqadaryo viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari yana bir ogʼu shaydosining kirdikorlarini fosh etishdi. Jumladan, Shahrisabz tumani Qutchi MFYda yashovchi yoshi saksonga yaqinlashgan fuqaro X.А.ning yashash uyi va hovlisi koʼzdan kechirilganda 3 tup giyohvandlik oʼsimligiini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan. Surishtiruv davomida fuqaro X.А. mazkur oʼsimlikni kasallikka davo deb bilganligi uchun ekkanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech