1 Noyabr 2022 yil 287

Respublika ishchi guruhining o‘rganish natijalari yuzasidan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.

Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi ishchi guruh vazirlik huzurdagi JIED To‘rtinchi mintaqaviy hudud tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalarida ham keng qamrovli o‘rganish ishlarini olib borishdi.O‘rganish natijalari Qashqadaryo viloyati viloyat ichki ishlar boshqarmasi majlislar zalida respublika ishchi guruhi vakili, IIV tashkiliy departmenti axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik N.Qayumov, JIED boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik  G‘.Kurambaev va viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Sh.Satvoldiev huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda atroflicha tahlil etildi.

IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi, 4-mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish Markazi, koloniya va manzil-koloniyalar va bo‘linma boshliqlari ishtirok etgan yig‘ilishda respublika ishchi guruhi tomonidan ichki ishlar organlari tarkibidagi jazoni ijro etish koloniyalari va manzil-koloniyalarida jinoyatlarni oldini olish, xodimlarining xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi, ijrochilikning ahvoli muhokama qilinib, faoliyatda kamchilikka yo‘l qo‘yib kelayotgan yoki berilgan vazifani bajarishga loqaydlik bilan yondoshayotgan rahbarlar faoliyati tanqidiy-tahlil etildi.

Muassasalardagi o‘rganishlar davomida mahkumlarni tarbiyalash, ularni kasb-hunarga jalb etish, sohada qonubuzarliklarni oldini olish borasidagi ishlar tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, jazoni ijro etish tizimi sohasidagi qonunchilik va tartib-intizomni mustahkamlash, turli noxush holatlarni oldini olish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.   

Faoliyat davmoida viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jinoyatlarning oldini olish, kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini muhokama qilish lozimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida faoliyatda nazoratni susaytirgan va loqaydlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlar intizomiy jazoga tortilib, ayrimlari egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Text to speech