28 Iyun 2021 yil 589

Davlat gerbi – mustaqillik timsoli!

Qashqadaryo Viloyati Yakkabogʼ tumani Ichki ishlar boʼlimi.

Qashqadaryo viloyati Yakkabogʼ tuman IIBda Oʼzbekiston Republikasi davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan “Davlat gerbi – mustaqillik timsoli!” mavzusida tadbir boʼlib oʼtdi. Unda tuman IIBning sohaviy xizmatlar xodimlari va tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mutasaddi raxbarlari bevosti ishtirok etishdi.

Yigʼilishda ishtirokchilarga bundan roppa-rosa 24 yil muqaddam — 1992 yil 2 iyulь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida “Oʼzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʼgʼrisida”gi Qonun qabul qilingani aytib oʼtildi. Xalqimiz oʼzi istagan hamda tanlagan yoʼl — ozod va obod Vatan, erkin hamda farovon hayot barpo etish yoʼlida yana bir muqaddas ramzga ega boʼldi. Gerbimizdagi har bir rang, chiziq, belgi teran ramziy maʼnoga ega. Oʼng tomondagi paxta va gʼarq pishgan bugʼdoy boshoqlari xalqimizning mehnati halol, rizqi butun ekanligini ifodalaydi. Gerbning yuqori qismida mamlakatimiz jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Unda oʼz ifodasini topgan yarimoy qoʼlga kiritilgan mustaqilligimizni, yulduz esa xalqimiz hamisha komillikka intilishi hamda saodatga eltuvchi yoʼlni tanlaganini bildiradi. Davlat gerbidagi yashil vodiy uzra quyosh nur sochayotgan tasvir tushirilgan. Baland togʼlar oralab oqayotgan daryolar — avlodlar osha yashab kelayotgan mangu quvvat timsoli, xalqimiz koʼzlagan yuksak marralardan dalolat beradi. Gerb markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli boʼlgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. U qadimdan baxt hamda davlatmandlik ramzi, erk, saodat, himmat, olijanoblik, omad timsoli hisoblangan.

Davlatimiz gerbida gullagan vodiy uzra nur sochayotgan quyosh tasviri zaminimizning serquyoshligiga, xalqimiz intilayotgan nurafshon manzillarga ishoradir. Gerbning pastki qismidagi respublika Davlat bayrogʼini ifodalovchi uch rangdagi chambar bandiga “O`zbekiston” soʼzi bitilgan. Bu bilan nafaqat mamlakatimiz mustaqilligi mustahkamlandi, balki xalqimiz oʼzi istagan va tanlagan yoʼlda yana bir muqaddas timsolga ega boʼldi.

Tadbir yakunida tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mutaxassis xodimlari soʼzga chiqib, tuman IIBning soxaviy xizimat raxbarlari bilan ham bu borada aholi oʼrtasida keng-koʼlamli tadbirlarni uyushtirish fuqarolar va yoshlarning davlat gerbining ahamiyati va undagi timsollar toʼgʼrisidagi tushunchalarini yanada boytish borasida tavsiya va takliflar berildi.

Text to speech