18 Noyabr 2021 yil 471

Davlat bayrogʼi - hurlik timsoli!

 

Davlatimiz, millatimiz iftixori boʼlmish mustaqil Oʼzbekistonning “Davlat bayrogʼi toʼgʼrisida”gi Qonuni qabul qilinganligining 30 yilligi barcha davlat idoralarida keng miqyosda nishonlanmoqda. Shu jumladan, Qarshi shahar IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimida ham ushbu bayramga qutlugʼ sanada alohida eʼtibor qaratildi.
Ilk maratoba Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartalarini olayotgan yoshlarga shaxsini tasdiqlovchi xujjat rasmiylashtirib berish bilan birga ularga vatanimizning muqaddas ramzi Davlat bayrogʼi ham sovgʼa qilindi.
Tadbirda yoshlarga ezgulik, hurlik timsoli, tinchlik ramzi hisoblangan Oʼzbekiston bayrogʼi ozod va erkin hayotimiz, yorugʼ kelajagimizga boʼlgan ishonchimiz timsoli ekanligi haqida tushunchalar berildi.

Text to speech