18 Noyabr 2021 yil 556

Davlat bayrogʼi 30 yoshda

 

Mustaqil Oʼzbekistonning “Davlat bayrogʼi toʼgʼrisida”gi Qonuni qabul qilinganligining 30 yilligi barcha joylarda boʼlgani kabi Qamashi tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimida ham munosib nishonlandi.
Birinchi marta Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi ID-kartalarini olayotgan yoshlarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan birga Vatanimizning muqaddas ramzi Davlat bayrogʼi ham sovgʼa qilindi.
Tadbirda yoshlarga Oʼzbekiston bayrogʼi ezgulik, hurlik, ozod va erkin hayotimiz, yorugʼ kelajagimizga boʼlgan ishonchimiz timsoli ekanligi tushuntirildi.

Text to speech