29 Dekabr 2023 yil 734

“Daryo” mahallasida sayyor qabul

Bugun Yakkabog‘ tumani “Daryo” mahalla fuqarolar yig‘inida Qashqadaryo viloyati 3-sektor rahbariyatining ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Farrux Tairov tuman sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar, korxona rahbarlari va mas’ul xodimlari, “Daryo”  mahallasida va  3-sektorda  joylashgan mahalalsida yashovchi 38 nafar fuqarolar ishtirok etishdi.

Ochiq va yuzma yuz muloqot ruhida kechgan qabulda 14 nafar fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilish, tadbirkorlik qilish, kommunal va boshqa sohalardagi murojaati tinglandi. Sayyor qabulda 7 nafar fuqarolarning o‘zini o‘zi band etish borasidagi muammolari hal etildi. Vaqt va mablag‘ talab etadigan 7 ta murojaatlar ijroga qaratilib, hal etish uchun mas’ullar zimmasiga yuklandi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech