3 Oktyabr 2022 yil
605
Daladagi mollar o‘g‘rining uyidan topildi
Koson tumani “Yuksalish” MFYda yashovchi N.O o‘ziga tegishli yer maydoniga 2 bosh qoramollarini bog‘lab ketadi. Ertalab kelib qarasa, mollar joyida yo‘q. Bu haqda u darhol 102 tizimiga qo‘ng‘iroq qilib, noma’lum shaxslar mollarini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB xodimlari olib borgan tezkor tadbirda mol o‘g‘rilari topildi. Tumanning “Ayronchi” MFYda yashovchilar T.O va X.A.lardan 2 bosh, narxi 24.000.000 so‘mlik mollar tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Holat yuzasidan Koson tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.