24 Iyul 2023 yil 468

Dalada yo‘qolgan pullar topildi

Yarim tunda ishchilarini yuklarini “Damas” avtomashinasida dalaga olib borgan fermer xo‘jaligi ishchisi U.A. uyga kelib salonda turgan 600.000 so‘m pullari yo‘qolganini bildi. Darhol Qarshi tuman IIBga ariza bilan murojaat qildi.

Holat yuzasidan Qarshi tuman IIB xodimlari surishtiruv ishlarini olib borib o‘g‘rini topishdi. U Qarshi shahar “Aralovul” MFYda yashovchi, shu fermer xo‘jaligi ishchisi K.T. bo‘lib chiqdi. Unda 600.000 so‘m pullar tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Hozirda Qarshi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan K.T. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech