6 Oktyabr 2021 yil 718

Dahanaki janjal jinoyatga boshladi

 

2021 yil 05 oktyabr kuni Mirishkor tuman “Yangiqishloq” MFYda sodir etilgan ogʼir tan jarohati yetkazish jinoyati muhokamasiga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda Mirishkor tuman IIB boshligʼi podpolkovnik M.Boʼriev hamda sektor ishchi guruhi hamda mutasaddi idoralar vakillari ishtiroki etdi.  

Maʼlum boʼlishicha, Mirishkor tumani “Yangiqishloq” MFYda yashovchi fuqaro А.D. oʼzaro kelishmovchilik tufayli mahalladoshi U.O.ni 2021 yil 02 oktyabrь kuni  “Pomuq” MFY choʼl hududida joylashgan chaylasiga chaqirgan. Shu kuni soat taxminan 10:30larda U.O. chaylaga kelganidan soʼng, ogʼzaki tortishuv davomida А.D. oshxona pichogʼi bilan raqibining chap koʼkrak, tomoq va bosh sohalariga tan jarohati yetkazgan. Oʼz navbatida U. O. voqea joyida turgan panshaxa bilan А.D.ga qarshilik koʼrsatganligi sababli А.D. voqea joyidan qochib yashiringan.

Soʼngra, U.O. telefon orqali sinfdoshini yordamga chaqirib, u bilan shifoxonaga borgan. U.O. ga shifokorlar tomonidan koʼrsatilgan tibbiy yordam natijasida uning hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan А.D. JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, tuman prokuraturasi tomonidan OʼzR JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. 

Muhokamada bu jinoyatni yuzaga keltirgan shart-sharoit va omillar atroflicha tahlil etildi. Bunda mahalla-kuy, ota-onalar, qoʼni qoʼshnilarning yoshlarni oʼz holiga tashlab qoʼygani, sabr bilan turmush zarbalariga dosh berish lozimligini uqtirishmaganini va oqibatda mazkur ogʼir turdagi jinoyat yuzaga kelganini taʼkidlashdi. Bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun mahalla oqsoqollari, faollar va boshqa mutasaddi idoralar vakillarining masʼuliyatini oshirish va tegishli chora-tadbirlar koʼrish uchun aniq topshiriqlar berildi. Kelgusida bu kabi holatlar yuz bermasligi uchun masʼul mutasaddilar vazifador etilib, ogohlantirildi.

Text to speech