KIBERJINOYATLARDAN OGOH BO‘LING!
Qarshi davlat universitetida “Kiberjinoyatlardan ogoh
bo‘ling!” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv
xizmati kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan tashkil etilgan tadbirda
o‘qituvchi va talabalarga keyingi vaqtlarda sodir etilayotgan kiberjinoyatlar,
bunga sabab bo‘layotgan omillar va shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot
berildi.
Bank kartalaridan mablag‘lar olti xil usul – telefon
qo‘ng‘iroqlari, telegramm ijtimoiy tarmog‘idagi savdo kanallari, OLX
platformasi, moddiy yordam, onlayn kredit, soxta onlayn birja va treyding
faoliyati hamda jabrlanuvchiga noma’lum sharoitlarda sodir etilayotgani aytib
o‘tildi.
Bank plastik kartasidagi mablag‘larni xavfsiz saqlash va
kiberjinoyatlarni oldini olish borasida ishtirokchilarga atroflicha
tushunchalar aniq misollar asosida tushuntirildi.
Yakunda
ishtirokchilari qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.