5 May 2021 yil 491

“COVID-2019” maʼlumotnomalari soxtalashtirilgani aniqlandi

2021 yilning 01 may kuni Shahrisabz tumani “Ravot” MFYda yashovchi B.G. Shahrisabz shahrida joylashgan “Аviakassa”da ishlab kelib, Rossiya Federatsiyasi va boshqa xorijiy davlatlarga borish maqsadida chipta olish uchun tashrif buyurgan bir necha fuqarolarga xususiy firmaga tegishli “Covid-2019” koronavirusga tahlil topshirganlik toʼgʼrisidagi soxta maʼlumotnoma bergani Qashqadaryo viloyat IIB Xavfsiz turimni taʼminlash boshqarmasi, JQB korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boʼlimi hamda Shahrisabz tuman IIB xodimlari tomonidan aniqlandi.
Jumladan, B.G. fuqaro Q.B. ga 230.000 soʼmga tibbiy xususiy firmaga tegishli “Covid-2019” koronavirusga tahlil topshirganlik toʼgʼrisidagi qalbaki maʼlumotnomani 230.000 soʼmlik chek qaydlarini soxtalashtirib berganligi aniqlandi. Chek qaydlari va maʼlumotnoma soxtaligini bilib qolgan Q.B. ga B.G.140.000 soʼm pullarni tanishi Shahrisabz tumani “Yangiqishloq” MFYda yashovchi B.X. orqali qaytarib berayotgan vaqtda xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olinadi.
Surishtiruv davomida fuqaro B.G. dan boshqa shunga oʼxshash holatlar va maʼlumotnomalarni oʼz ixtiyori bilan taqdim etishi soʼralganida u fuqarolar X.R., Sh.S., B.А., B.Sh., Ya.D., Sh.А., J.R. va R.Sh.lar nomiga rasmiylashtirilgan koronavirus infektsiyasiga tekshirilgan test natijasiga oid soxta maʼlumotnomalar hamda toʼlov cheklarini taqdim qilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech