7 Iyul 2022 yil 270

Cho‘ntagidan giyohvand modda topildi

Qarshi shahar “Naxshab” MFYda yashovchi P.N. ko‘chada o‘zining bejo harakatlari bilan ichki ishlar organlari xodimlarida shubha uyg‘otdi. Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIB xodimlari tomonidan P.N. to‘xtatilganda, u o‘z ixtiyori bilan chap cho‘ntagidan rangsiz selofan paketga o‘ralgan giyohvandlik o‘simligini taqdim etdi.

Undan olingan “marixuana” giyohvandlik moddasi taroziga qo‘yilganda 9,3 gramm chiqdi.

Holat bo‘yicha Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech