Chiroqchi tumanida Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Kengaytirilgan yig‘ilishda tuman prokuraturasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktika qilish borasida 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy tarzda ko‘rib chiqildi.
Muhokama jarayonida
jinoyatchiliklar sodir etilishi bo‘yicha "qizil hudud"ga tushgan
mahalla fuqarolar yig‘inlari va jinoyatchilik oshganligi bo‘yicha mas’ullarga
tegishli ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida, Kengashning tegishli qarori qabul qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi. Yig‘ilishda viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Luqmon To‘rayev ishtirok etdi.