30 Noyabr 2021 yil 387

Chiroqchi tumanida IIV masʼul xodimlari tomonidan oʼrganilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun boshqarma ishchi guruhi amaliy yordam koʼrsatmoqda


Ichki ishlar vaziri general-leytenant Pulat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan viloyatning barcha shahar-tumanlarida jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash va bu boradagi faoliyatni yanada jadallashtirish hamda ichki ishlar organlarining quyi tizimlariga amaliy yordam koʼrsatish maqsadida olib borgan oʼrganishlari natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun boshqarma boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev rahbarligidagi ishchi guruh Chiroqchi tumanida boʼldi.
Аmaliy yordam koʼrsatish va Chiroqchi tumanida jinoyatchilikning ahvoli, bunga salbiy taʼsir koʼrsatgan sabab va omillarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida yigʼilish oʼtkazilib, muammolar atroflicha muhokama etildi. Xususan, 2021 yilning oʼn oyi davomida Chiroqchi tumanida sodir etilgan jinoyatlar oshgani tanqidiy tahlil qilindi.
Sodir etilgan jinoyatlar “mahallabay” tahlil qilinganda, joriy yilda giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy qurol saqlash, qoʼshmachilik va ehtiyotsizlik oqibatida (asosan yoʼl-transport hodisalari) sodir etilgan jinoyatlarni tashkil etadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 12 fevraldagi Ichki ishlar vazirligida oʼtkazilgan hayʼat yigʼilishida viloyatdagi kriminogen vaziyati ogʼir topilgan qator mahalla fuqarolar yigʼini boʼyicha alohida “Yoʼl xarita”sini ishlab chiqib, ishni tashkil etish yuzasidan topshiriq berilgandi. Mazkur yoʼnalishda yoʼl xaritasi ishlab chiqilib, Chiroqchi tumanidagi kriminogen vaziyati ogʼir deb topilgan “Koʼkdala”, “Toʼqmor”, “Chiroqchi”, “Navoiy” va “Bogʼishamol” mahalla fuqarolar yigʼinida bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirildi. Dastlab, mahallarda tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan “Uyma-uy” hatlov oʼtkazildi. Аholining ijtimoiy muammolari va oilaviy nizolar oʼrganilib, bartaraf etish yuzasidan alohida “Yoʼl-xarita” ishlab chiqildi.
Chiroqchi tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyati ogʼir deb topilgan hududlarda jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlashda jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlikda ish tashkil etish, sektor rahbarlari tomonidan aholining muammolarini hal qilishning bugungi holati har bir mahallaga borib oʼrganildi. Ishchi guruh aʼzolari tomonidan kriminogen vaziyati ogʼir deb topilgan mahallalardagi holat atroflicha tahlil etilib, bartaraf etish choralari koʼrildi. Muammolarni bartaraf etishda ishchi guruh aʼzolari tomonidan amaliy yordam koʼrsatildi.
Oʼrganishlar jarayonida viloyat IIB boshligʼi polkovnik Sh. Satvoldiev Chiroqchi tumani IIB HPB profilaktika inspektorlarining xizmat uylariga tashrif buyurib, profilakita inspektorlarining oila aʼzolari bilan yashab kelayotganligi, xizmat uylarining obodonlashtirilganligi, “Yashil makon” dasturi asosida mahalla hududida tashkil etilayotgan ishlarning ahvoli, profilaktika inspektorlarining mahalla aholisi bilan munosabatlari va ularning murojaatlarini qonun doirasida qay darajada hal etilayotganligi bilan atroflicha tanishdi. Hamkor tashkilotlar bilan jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlari hamda har bir oila va har bir fuqaroning muammolarini oʼrganib, mahallaning krimenogen vaziyatini tahlil etib, kerakli koʼrsatma va topshiriqlarni berdi.
Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tuman ichki ishlar organlari rahbarlariga maʼlum muddat berildi. Joylarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun masʼullar va ijrochilar belgilab olindi. Ishchi guruh oʼz faoliyatini davom ettirmoqda.

Text to speech