18 Yanvar 2025 yil
676
Chiroqchi tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari podpolkovnik Shuhrat Iskandarov tumanning Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar va ularning vakillari bilan uchrashdi.
Chiroqchi tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari podpolkovnik Shuhrat Iskandarov tumanning Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar va ularning vakillari bilan uchrashdi.
Unda ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga jalb qilish, tadbirkorlikka yo‘naltirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish masalalari ko‘rildi.
Uchrashuvda sektor rahbari tomonidan yoshlarning muammo, taklif-mulohazalari tinglanib, ularni ijobiy hal etish choralari belgilandi. Ochiq muloqotdan so‘ng, sektor rahbari fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar joyiga chiqib o‘rgandi. Shu kunning o‘zida mahalladagi 2 km tuproq yo‘lni hashar orqali tosh yo‘lga aylantirish ishlari boshlab yuborildi.