Chiroqchi tuman 3-sektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi
Chiroqchi tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari podpolkovnik Shuhrat Iskandarov hamda viloyat IIB PPX va JTS boshlig‘i podpolkovnik Ulug‘bek Otaqulovlar tumanning Olmazor mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar va ularning vakillari bilan uchrashdi.
Unda ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash,
kasb-hunarga jalb qilish, tadbirkorlikka yo‘naltirish, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik
holatlarining oldini olish masalalari ko‘rildi. Shuningdek, uchrashuvda IIB
boshlig‘i Probatsiya hisobida turuvchi yoshlarni o‘ylantirayotgan muammolarini
ijobiy hal etish maqsadida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Uchrashuvda sektor rahbari tomonidan
yoshlarning muammo, taklif-mulohazalari tinglanib, ularni ijobiy hal etish
choralari belgilandi. Ochiq muloqot so‘ngida, sektor rahbari yoshlarga esdalik
sovg‘alari topshirdi.