20 Aprel 2024 yil 339

Chet davlat hududida o‘z bolasini nazoratsiz qoldirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Dehqonobod tumani "O‘zbekiston" MFYda yashovchi fuqaro K.A O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan farzandini chet davlat hududida ya’ni Turkiya Respublikasida nazoratsiz qoldirganligi aniqlanganligi sababli JIB Dexkonobod tuman sudining 20.10.2023 yildagi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 476-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari ya’ni 1 mln 320 ming so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanilib, fukaro K.Aning zimmasiga yigirma kunlik muddat ichida bolasini chet davlat xududidan O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish bo‘yicha majburiyat yuklanganligiga qaramasdan, farzandini chet davlat hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga qaytarib olib kelmaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan K.Aga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 1221-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan xolat yuzasidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Text to speech