12 Mart 2020 yil 758

CHАQQONLАR VА EPCHILLАR BАHSI

Qashqadaryo viloyati IIBda Navroʼz umumxalq bayrami munosabati bilan sportning tennis turi boʼyicha musobaqa boʼlib oʼtdi. Unda ichki ishlar organlarining turli sohaviy xizmatlari va Qarshi shahar, Chiroqchi tuman IIO FMB va shahar-tumanlari IIBlarixodimlari ishtirok etdi. Musobaqani viloyat IIB boshligʼi oʼrinbosari, podpolkovnik F.Raxmatov ochdi.Chaqqonlik va epchillikni talab etadigan musobaqada qatnashchilar bor mahorat va tajribalarini ishga solishdi. Qizgʼin va murosasiz bahslarda birinchi oʼrinni Gʼuzor tuman IIB xodimi leytenant Nodir Sharopov, ikkinchi oʼrinni Dehqonobod tuman IIB xodimi, kapitan Samariddin Bekkamov va uchinchi oʼrinni boshqarma JIEB 2-sonli JIEK xodimi leytenant Oybek Egamnazarov egalladi. 

Gʼoliblar viloyat ichki ishlar boshqarmasining diplomlari va qimmatbaho savgʼalari bilan taqdirlandi.

Qashqadaryo viloyat IIB Аxborot xizmati

Text to speech