10 Yanvar 2024 yil 518

Seminar-trening

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon berayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf qilish hamda jinoyatlardan jabrlanishini oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki ishlar, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari mas’ullari, shahar-tuman Ichki ishlar bo‘limi inspektor-psixologlari va Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining tuman (shaxar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tadbirda boshqarma Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sarvar Qalandarov so‘zga chiqib, bugungi kunda, voyaga yetmaganlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar davomida maktab o‘quvchilari tomonidan huquqbuzarliklar yoki g‘ayriijtimoiy harakatlar sodir etishiga ayrim ota-onalar tomonidan farzand tarbiyasidagi majburiyatlarini lozim darajada bajarmayotganligi yoki ta’lim olishi bilan bog‘liq bo‘lgan talablarni qasddan buzayotganligini aytib o‘tdi. Maktab o‘quvchilarini dars mashg‘ulotlariga qatnashish holati hamda ota-onalar farzandlarini chet davlatlarga olib ketganida ta’lim olish jarayonlarini qonuniyligini to‘liq o‘rganish lozimligini ta’kidladi.

Yig‘ilish ishtirokchilariga bu kabi holatlarga barham berish maqsadida o‘quv jarayonlari boshlangandan doimiy ravishda barcha maktablarda “Davomat”, “Tig‘”, “O‘quvchi”  va  “Tungi reyd”  profilaktik tadbirlarini kuchaytirish lozimligi tushuntirildi.  

Xorijga chiqishi uchun voyaga yetmagan farzandiga pasport rasmiylashtirgan har bir ota-ona bilan kelgusida farzandining ta’lim olish tartibi va shart-sharoitlari to‘g‘risida profilaktik suhbatlar olib borish majburiyati yuklandi. 

Ota-onalar tomonidan bolalarini chet davlat hududida nazoratsiz qoldirganida dastlab O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47prim 6-moddasi bilan  (bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish) ma’muriy javobgarlikka tortilishi, qilmishini davom ettirganida esa Jinoyat kodeksining 122prim 1-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi uqtirildi.

Savol-javoblar asosida kechgan o‘quv seminarida ishtirokchilarning bilim va malakasi boyitildi.

Text to speech