30 Dekabr 2023 yil 893

Sektor rahbarlari tomonidan qashqadaryo viloyatida yangi yil bayrami arafasida va bayram kunlari oziq-ovqat xavfsizligi va narx-navo barqarorligini ta’minlash aholi kayfiyatini ko‘tarinki bo‘lishini ta’minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, viloyat sektor rahbarlari tomonidan Qarshi shahrida joylashgan savdo majmualarida tashkil etilgan arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini narx-navolari hamda bozorda sotuvchi va xaridorlarga yaratilgan shart-sharoitlar ahvoli o‘rganildi.

Qayd etish joizki, bozordagi mahsulotlar narxlari hamyonbop, sanitariya holatlari qoniqarli, shuningdek, bayram kunlari xalqimiz uchun rastalar barcha turdagi mahsulotlarga to‘la, asosiysi aholining kayfiyati yuqori darajada.

Shu bilan birga, sektor rahbarlari shaharda o‘rnatilgan bayram archasini ko‘zdan kechirib, aholi bilan yaqindan suhbat qurishdi va ularni bayram munosabati bilan tabriklashdi.

Text to speech