2 Aprel 2024 yil 354

Sayyohlarga namunali xizmat ko‘rsatish yo‘lida

Shahrisabz shahar Madaniyat markazi hamda Maqom muzeyi xodimlari bilan boshqarma XTTB JTSG xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda joriy yil Shahrisabz shahri turizm markazi maqomini olganligi, shu bois bu yerga ko‘plab mahalliy va xorijiy turistlar kelishi kutilayotganligi ta’kidlandi.

Tadbirda boshqarma JTSG inspektori kapitan Zuhriddin G‘aniyev shahar Madaniyat markazi va muzey xodimlariga turistlar bilan xushmuomalada bo‘lish hamda amaliy yordam ko‘rsatish, kerak bo‘lgan holatlarda viloyat IIB XTTB xodimlari bilan hamkorlikda ish tashkil qilish bo‘yicha ishtirokchilarga tushunchalar berdi.

Yakunda ishtirokchilarning mavzu doirasidagi savollariga javoblar berildi.

Text to speech