8 Fevral 2022 yil 466

Buyuk mutafakkir va shoirg ehtirom

Qashqadaryo viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat markazida xalqimizning buyuk mutafakiri, davlat arbobi va shoiri Аlisher Navoiy tavlludining 581 yilligiga bagʼishlangan mahnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. Unda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi, viloyat Yozuvchilar uyushmasi, viloyat IIB sohaviy xizmatlari va oʼquvchi yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni viloyat IIB MMI va KBTX boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik Sh.Muslimov ochdi.

Tadbirda viloyat Yozuvchilar uyushmasi adabiy maslahatchisi shoir Oʼroz Haydar xalqimizning buyuk mutafakkiri Аlisher Navoiyning falsafiy va ilmiy asarlari maʼnaviyatimizni boyitishda bebaho xazina ekanligini taʼkidladi. 

Аlisher Navoiyning asarlari juda koʼp va ular oʼquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda juda qoʼl keladi. Maʼlumki, inson barkamolligi uning maʼnaviy qadriyatlarga sodiq ruhda tarbiyalanishida Navoiy asarlari yoshlarda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirishda, kundalik faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Shoirning asarlari, tazkira va boshqa asarlaridainsonni axloq-odobi, uni komilikka yetaklovchi maʼnaviy dunyosini boyitish borasida insoniy qadriyatlar ibratli satrlarda ifodalangan.

Yoshlarning ongi va tushunchalarini boyitishda buyuk mutafakkirning asarlari axloqiy, maʼnaviy-maʼrifiy  sifatlarning mohiyatlari teran tasvirlangan.

Tadbirda viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi rahbari L.Saodatova ishtirok etdi.

Text to speech