25 Mart 2023 yil 254

“Buyuk mutafakkir va qomusiy olim”

Qashqadaryo viloyati IIBda “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari, Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi ishtirok etdi. Tadbirni viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev ochdi.

Yig‘ilishda so‘z olgan Qarshi davlat universiteti Tarix fakulteti Jahon tarixi kafedrasi doktoranti G‘olib Xoliqov qomusiy olim Muhammad ibn Ahmad Abu Rayhon Beruniy 973 yilning 4 sentabr kuni qadimgi Xorazmning Kat shahrida tavallud topgani, joriy yilda Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanishini uchun o‘tgan yil avgust davlatimiz rahbarining qarori qabul qilinib, YUNESKO shafeligida xalqaro miqyosda keng nishonlanishini aytib o‘tdi.

O‘rta asrlar sharqining astronomi, geografi, ma’danshunosi, etnografi, tarixchisi hamda shoiri mujassamlashgan Abu Rayhon Beruniyning ilmiy sa’y-harakatlari samarasi o‘laroq, fanning turli sohalariga oid juda ko‘plab yirik asarlar yaratdi. U 22 yoshida Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib, globusni ixtiro qildi.

Unga muvofiq, «Buyuk Beruniy merosi» xalqaro sayyohlik marshrutlarini yo‘lga qo‘yish, joriy yil yakuniga qadar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida Abu Rayhon Beruniy majmuasini qurish, alloma ilmiy-ijodiy merosiga mansub qo‘lyozma va boshqa madaniy boyliklarni restavratsiya qilish hamda Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi va Xorazm Ma’mun akademiyasida madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va konservatsiya qilishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil etiladi.

Ko‘lami keng tabdir tadbir ishtirokchilarning qomusiy olim haqidagi bilimlarini boyitdi.

Text to speech