7 Sentyabr 2022 yil 344

 Buxoroga sayohat

Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbariyatining tashabbusi bilan tizimning turli sohalarida samarali xizmat qilib, bugungi kunda faxriylik gashtini surayotgan bir guruh faxriylar va ularning oila a’zolari mustaqillik bois yanada o‘zgacha chiroy ochgan Buxoro viloyatiga sayohat uyushtirishdi.  

Sayohatning ilk yo‘nalishi qadimiy va navqiron Buxoro shahridagi Xoja Orif Revgariy ziyoratgohida bo‘lgan ziyoratchilar alloma hayoti va faoliyati va obidaning yaratilish tarixi bilan yaqindan tanishdilar. 

So‘ngra, viloyatda joylashgan Islom dini rivojiga munosib hissa qo‘shgan avliyolar va pirlarning sag‘analarini ziyorat qilib, boqiy obidalar tarixi bilan yaqindan tanishdilar.

Xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik namunalari, ajdodlarimiz tarixini aks ettiruvchi miniatyura asarlarini tomosha qilishdi.

Yakunda ichki ishlar organlari faxriylari va oila a’zolari Buxoro shahrining boshqa diqqatga sazovor joylarida amalga oshirilgan obodonchilik hamda bunyodkorlik ishlarini tomosha qilishdi.

Bir so‘z bilan aytganda sayohat faxriylarning oilaviy madaniy hordiq chiqarishi bilan birga bir olam taassurotlar olishiga zamin hozirladi.

Text to speech