Boʼsh ish oʼrinlari yarmarkasi oʼtkazildi
Qarshi shahar IIO FMB boshligʼi, 3-sektor rahbari, polkovnik Boborahim Mirzaev tashabbusi bilan Аralovul mahallasida “Boʼsh ish oʼrinlari yarmarkasi” oʼtkazildi. Unda Qarshi shahridagi tashkilot va korxonalar oʼzlaridagi 285 ta boʼsh ish oʼrinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarkada ishtirok etgan 74 nafar fuqarodan 4 nafari tashkilot va korxonalardagi mavjud boʼsh ish oʼrinlariga, 2 nafari Obodonlashtirish boshqarmasiga va 3 nafariga mahallalarda tashkil etilgan mavsumiy jamoatchilik ishlariga yoʼllanmalar berildi.
Bundan tashqari, 6 nafar fuqaroga kasb-hunarga oʼqitish markazi qoshidagi tikuvchilik, kampьyuter savodxonligi yoʼnalishlari kurslariga yoʼllanma berildi. 3 nafar fuqaroga esa oʼz mutaxassisligi boʼyicha ish topguniga qadar Qarshi shahar Аholi bandligiga koʼmaklashish markazi tomonidan ish qidiruvchi sifatida roʼyxatga olinib, belgilangan tartibda ishsizlik nafaqasi tayinlandi.
Shuningdek, 14 nafar fuqaroga aholi bandligiga koʼmaklashish markazi tomonidan tikuv mashinkasi, pishiriq pechi subsidiya asosida berildi.