Bugungi kunning muhim vazifasi
Mamlakatimizda inson haq-huquqlari va uning manfaatlarini himoya qilish eng ustuvor vazifaga aylandi. Shu bois odamlarning muammolarni bartaraf etish, ularni qiynayotgan kundalik va maishiy yumushlarni bartaraf etish, pirovardida odamlarni hayotdan rozi qilish bugungi kunning muhim vazifasi. Fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlarini tinglash, bu boradagi dolzarb masalalarni oʼrganish va ularni hal qilish maqsadida joriy yilning 10 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Gʼuzor tumanida Prezident Аdministratsiyasi, xalq qabulxonalari, sud, Sudьyalar oliy kengashi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbar xodimlari va mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh sayyor ommaviy qabullar oʼtkazdi. Unda viloyatning Dehqonobod, Gʼuzor va Nishon tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida jami 26 ta murojaatlar tinglandi. 15 ta murojaat joyida hal etildi. 4 nafar fuqarolarga muammosi boʼyicha boshqa organga murojaat etishlari yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi. 7 nafar fuqaroga murojaatlari mablagʼ va vaqt talab etashi tushuntirilib, tegishli mutasaddi idoralarga yuborildi va ijrosi nazoratga olindi.
Eʼtiborli jihati shundaki, Gʼuzor tuman Chovqa qishlogʼida yashovchi А.Qurbonov, sud tomonidan belgilangan jazo chorasini yengillashtirish yuzasidan murojaat qildi. Uning murojaati atroflicha oʼrganib chiqilib, halol mehnati, har bir ishga vijdonan yondoshishi, jamoat ishlarida oʼzini koʼrsatganligi inobatga olinib masala ijobiy hal etildi. Tumanning Dashtobod mahallasida yashovchi O.Jabborova esa fuqarolik pasporti zarurligini bu vaqt talab etishini bilishini, ammo unga pasport zarurligini, shu bois tezroq pasport olishga yordam berilishini soʼradi. Murojat ishchi guruh tomonidan oʼrganib chiqilib, shu kunning oʼzida O.Jabborovaga ID karta rasmsiylashtirib berildi.
Murojaatlari ijobiy yechim topgan fuqarolar Sayyor qabul shaffof, oshkora va ochiq, odilona oʼtkazilgani uchun muhtaram Prezidentimizga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbariyatiga oʼz minnatdorchiligini bayon etdi.
Koʼlami keng sayyor qabul yakunida fuqarolardan tushgan murojaatlar jamlanib, tahlil etildi va sektorlar rahbarlariga roʼyxatga olingan muammolarni bartaraf etish majburiyati yuklandi.
Sayyor qabul vohaning shahar va tumanlarida davom etmoqda.