Bugungi kunda ayollarning jamiyat ijtimoiy hayotidagi faolligini oshirish davr talabi.
Qashqadaryo viloyati IIB xotin-qizlaridan
iborat guruh Ko‘kdala tumani xotin-qizlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tuman
xotin-qizlarining kundalik va maishiy muammolarini o‘rganish hamda yechim
topish maqsadida tashkil etilgan tadbirda ularni qiziqtirgan, o‘ylantirgan
barcha murojaatlar tinglandi.
Tuman xotin-qizlarining huquqiy bilimlarini
oshirish va hayotga porloq kelajak nigohida boqishlari uchun viloyat IIB
xotin-qizlar mas’ullari tomonidan huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.
Navbatdagi manzil - tumanda joylashgan
47-maktabda 100 ga yaqin xotin-qizlar bilan xuddi shu tartibdagi uchrashuv
davom ettirildi. Hozirda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish,
ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga
chiqarishi uchun Ko‘kdala tumanida ham ayollarga keng shart-sharoitlar yaratib
kelinayotganiqayd etildi.
Ko‘kdala tumanida ham qizlarining kelajagiga
befarq bo‘lmagan, ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda
qo‘llab-quvvatlab kelayotgan sharoit va imkoniyat qilib berayotgan ota-onalar
ko‘pchilik.
Xuddi shunday qizlari ortidan faxrlanib yurgan
ota-onalar quvonchiga ham guvoh bo‘ldik. o‘z qiziqishlari bilan bugungi kunda
ham o‘qishini ham hunarini uddalay olgan Mohira har xil turdagi bir biridan
chiroyli gular yasash orqali kichkina tadbirkorligi bilan Ko‘kdala tumani
aholisini xursand qilib kelmoqda
Ayollar huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz
rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng
ko‘lamli ishlarni amalga oshirish rejasi bugungi kunda hayotga tatbiq
etilmoqda.