18 Mart 2021 yil 446

Bugun viloyatimizda oʼtkazilayotgan “Tozalash-Аntiterror” profilaktik tadbirining mazmun-mohiyati osoyishtalikni mustahkamlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlashga qaratilgan.

 Bu borada Qarshi shahar IIO FMB xodimlari ham bir qator profilaktik ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, boshqarma 1-sonli IIB HPB XQMB katta inspektori mayor I.Bozorova  va  “Xaramjuy” MFY profilaktika inspektori leytenant              J. Boymurodov bilan notinch oila sifatida roʼyxatga olingan mahallada  yashovchi N.Hakimovaga himoya orderi berilib,  ikki tomonga huquq va majburiyatlari tushuntirildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech