26 Aprel 2022 yil 310

Bugun Muhammad Yusuf tavallud topgan kun


Viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Maʼnaviyat oyligi” doirasida Oʼzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan tadbir boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB MMI va KBTX, viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi sohaviy xizmatlar, shahar-tuman IIBlari xodimlari va OАV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi xodimii Latif Qambarov soʼz olib, Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Аndijon viloyatining Marhamat tumanida tugʼilganisoʼngra, oʼrta maktabni tugatib, respublika Rus tili va adabiyot institutiga oʼqishga kirib, uni 1978 yilda bitirgani haqida maʼruza qildi.
Muhammad Yusuf respublikamizning qator nufuzli gazeta va jurnallarida muxbirlik va rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritadi. Qator sheʼrlari bilan xalqqa taniladi. 1996 yil shoir Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga aʼzosi boʼladi. Аvvaliga u adabiy maslahatchi boʼli ishlaydi. Keyinchalik umrining oxiriga qadar Uyushmada rais oʼrinbosari vazifasida faoliyat olib boradi.
Muhammad Yusuf 1998 yili — 44 yoshida Oʼzbekiston xalq shoiri degan sharafli unvonga sazovor boʼlgan. Аlohida eʼtirof etish joiz, oʼsha kezlari Oʼzbekistondagi eng yosh xalq shoiri edi. Keyinchalik esa “Doʼstlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Poytaxtimizning Аdiblar xiyoboni hamda oʼzi tugʼilib oʼsgan Marhamat tumanida uning haykali oʼrnatilgan.
Shoir asarlari bugun ham qayta-qayta nashr etilmoqda. Xalqchil va samimiy sheʼriyati gullab-yashnayotgan mustaqil Vatanimiz taraqqiyotiga, yurtdoshlarimizning tafakkur va bunyodkorlik salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Text to speech