9 Iyun 2020 yil 781

Bu oʼyinchoq emas...

2020 yil 06 iyunь kuni soat 21 larda Yakkabogʼ tumanida yashovchi fuqaro Q.S  oʼrtoqlari bilan birga Yakkabogʼ tumanida joylashgan, fuqaro J.M.ga qarashli “Fish breeding” fermer xoʼjaligining baliq yetishtiriladigan koʼliga borib, u yerda “Gamo” rusumli pnevmatik miltiqdan koʼldagi oʼrdaklarni ovlash maqsadida oʼq uzib, soʼng spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holatda 50 metr uzoqlikdagi koʼl boʼyida joylashgan dala shiyponi oldida turgan, unga oldindan tanish boʼlmagan fuqaro Ch.S.ni miltiq binokilidan kuzatmoqchi boʼlib, bezorilik oqibatida miltiqni u tomonga qaratgan vaqtida tepkini bosib yuborishi natijasida, miltiqning qoʼrgʼoshinli oʼqi fuqaro S.Ch.ning oʼng yelkasiga borib tekkan va unga hayot uchun xavfli boʼlgan ogʼir tan shikasti yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkabogʼ tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Q.S.ga nisbatan Oʼz.R JKning 104-moddasi 2-qismi “e” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech