9 Iyun 2022 yil 509

Bozortepada sayyor qabul

    Bozortepa mahallasi Dehqonobodning tog‘li hududida joylashgan. Bu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning  kundalik turmush va maishiy muammolarini hal etish maqsadida 3-sektor rahbarlari sayyor qabul uyushtirishdi. Unda 3-sektorda yashovchi 52 nafar yoshlar va fuqarolar ish o‘rni va bandligini ta’minlash, kundalik turmushda uchrayotgan maishiy va boshqa muammolari bilan murojaat etishdi. 

    Sayyor qabulda 25 ta murojaatning 2 tasi ijobiy hal etildi. 1 nafar fuqaro esa ishga joylashtirildi.  1 nafar yigit “Yoshlar daftari”ga kiritildi. Unda 2 nafar talabaning kontrakt to‘lovi,  to‘lab berildi.

    Mablag‘ va vaqt talab etadigan 21 murojaat esa nazoratga olinib, mas’ullarga ijro uchun yuborildi.

Text to speech