Boshga balo
Shahrisabz shahar IIBga 2021 yil 01 fevral kuni tushgan xabarga koʼra, shu kuni soat 10:30larda, Shahrisabz tumani Qani qishlogʼida yashovchi S.M Shahrisabz shahar “Аmir Temur” xiyobonidan shubhali harakatlanib borayotgan vaqtida, Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Havfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi va Oʼzbekison Respublikasi Milliy Gvardiyasi Qashqadaryo viloyati Qoʼriqlash boshqarmasi 8-alohida otryad xodimlari tomonidan toʼxtatilib, undan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bilan yonida boʼlgan narsa va buyumlarini koʼrsatishligi soʼralganida, egnida boʼlgan qoramtir rangdagi koʼrtkasining oʼng yon choʼntagidan yaltiroq folga qogʼoz boʼlagiga oʼralgan yashil rangdagi oʼtkir hidli oʼsimlik qoʼritmasi u tomonidan taqdim etilib, kelgusida tekshirib koʼrishlik uchun holislar ishtiroklarida hujjatlashtirib olingan. Sudga oid kimyoviy ekspertizasining xulosasida, M.S. tomonidan taqdim etilgan 1 dona yaltiroq folga qogʼoz boʼlagiga oʼralgan yashil rangli, qoʼl bilan ushlab koʼrilganida quruq holdagi, oʼziga hos oʼtkir hidli, oʼsimlik moddasi marixuana giyoxvandlik vositasi ekanligi, sof ogʼirligi 2.2 grammni tashkil etdi.
Mazur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan S.M.ga nisbatan Oʼz.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.