Bosh prokuror oʼrinbosari Shavkatjon Raximov tomonidan Qashqadaryo viloyatida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.11.2021 yildagi PQ-20 - sonli Qarori ijrosi, gʼalla parvarishi, suv tejovchi texnologiyalar joriy etilishi, qishloq xoʼjaligi korxonalariga texnikalar yetkazib berilishi va toʼlov intizomiga rioya etilishi ahvolini oʼrganish ishlari davom etmoqda.

Koson, Mirishkor va Muborak tumanlarida sektor rahbarlari bilan taʼkidlangan Qaror hamda agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish boʼyicha amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi oʼrganildi.
Mirishkor tumani, “Chamanzor” mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi 17 gektar yer maydoni “E-AUKSION” elektron savdo platformasida ochiq elektron tanlovda ishtirok etib, gʼolib boʼlgan “Temir daftar”, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʼyxatda turgan oilalarga dehqon xoʼjaligi tashkil qilish uchun tarqatilishi taʼminlandi.
Viloyatda oʼtkazilgan oʼrganish va koʼrsatilgan amaliy yordamlar natijasida, taʼkidlangan qaror ijrosi yuzasidan 1157 ta lot boʼyicha 437,2 gektar yer maydonlari viloyat xokimining qarori bilan tanlov gʼoliblariga ajratilishi taʼminlandi.
Shuningdek, klaster korxonalariga 13 ta qishloq xoʼjalik texnikalari yetkazib berilishi, lizing toʼlovlari uchun 4,5 mlrd. soʼm ajratilishi, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun 2,2 mlrd. soʼm kredit ajratilishi, paxta va gʼalla imtiyozli krediti hisobidan 34,8 mlrd. soʼm mablagʼlar oʼzlashtirilishida amaliy yordam koʼrsatilib, ushbu mablagʼlarning maqsadli yoʼnaltirilishi taʼminlandi.