2 Iyul 2022 yil 263

BOSH MАQSАD – INSON QАDRI, XАLQ MАNFААTINI АMАLDА TА'MINLАSHDIR

 

IIV huzuridagi JIED 4-mintaqaviy hudud 2-son JIEKda “Konstitutsiyaviy islohotlarimizning bosh maqsadi – inson qadri, xalq manfaatini amalda taʼminlashdir” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda koloniya shaxsiy tarkibi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali oʼqituvchisi ishtirok etdi. Tadbirda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali oʼqituvchisi dotsent А.Xudoyqulov soʼzga chiqib, yurtimiz qonunchiligi tarixida tub burilishni nazarda tutuvchi islohotlar - Oliy Majlis palatalari kengashlarining joriy yil 20 maydagi qoʼshma qarori asosida Konstitutsiyaga oʼzgartish kiritish boʼyicha komissiya tuzilgani hamda fuqarolarimizdan 48 ming 492 ta taklif kelib tushganini aytib oʼtdi. Shuningdek, joriy yilning 20 iyunь kuni davlatimiz rahbari ushbu komissiya aʼzolari bilan uchrashib, Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʼzgartishlar boʼyicha oʼzining bir qator muhim takliflarini ilgari surganini taʼkidladi.  Joriy yil 25 iyunidan 5 iyulь kuniga qadar “Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasiga qoʼyilganini bunda barcha oʼz takliflari bilan faol ishtirok etishi muhimligini bildirdi. Tadbirda mavzu doirasida ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.

Text to speech