1 Dekabr 2023 yil
1238
Bor mehrimiz senga, bolajon!”
Bugun Qashqadaryo
viloyati ichki ishlar organlari xodimlari “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori
asosida beg‘araz donorlik aksiyasida ishtirok etishdi.
Jamiyatda tibbiy-ijtimoiy
ko‘makka muhtoj, onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
beg‘araz yordam muhitini kuchaytirish ularni salomatligini muhofaza etish maqsadida
tashkil etilgan beg‘araz donorlik aksiyasi viloyat Qon markazi bilan hamkorlikda
amalga oshirildi.
Tadbirda xodimlar
muntazam sport bilan shug‘ullanib, sog‘lom turmush tarziga amal qilishi bilan birga beg‘araz donorlikda ishtirok
etib, qon topshirishi ko‘plab kasalliklarni oldini olish bilan birga ruhiy va jismoniy
baquvvat bo‘lishlarida qo‘l kelishi tushuntirildi.