Bolajonlarga quvonch ulashildi
Savobning katta-kichigi bo‘lmaydi. Xayriya va savob inson ruhiyatini tiniqlashtiradi. Axir, bu dunyoda odamdan faqatgina amalga oshirilgan ezgu va saxovatli ishlar, o‘zgalarga ko‘rsatilgan saxovat, mehr-muruvatigina qoladi. Zero shunday ekan, ichki ishlar idoralarining turli tizimlarida xizmat qilayotgan osoyishtalik posbonlari ham keyingi yillarda xayrli va savobli ishlarni amalga oshirishib kelmoqda.
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan Qarshi “Muruvvat” internat uyida xayriya tadbiri uyushtirildi. Unda Muruvvat uyida tarbiyalanayotgan ko‘ngli o‘ksik, nogiron, bolalarga bayram sovg‘alari ulashildi.
Amalga oshirilgan bu xayriya tadbiridan bolajonlar quvonchini tasavvurga sig‘dirish qiyin. Bu kabi xayriya tadbirlari ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari vakillari tomonidan ham amalga oshirildi.
Turli o‘yinchoqlar va boshqa bayram sovg‘alari bolajonlarning ruhiyatini ko‘tarib, ular doimo davlat va xalq e’tiborda ekanligini, eng muhimi, yolg‘iz emasligini his etishdi.