15 Oktyabr 2024 yil 553

BOLALARGA E’TIBOR- KЕLAJAKKA E’TIBOR

Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Hotam Qodirov Qashqadaryo viloyatida o‘rganishlari davomida boshqarmaJamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi va boshqarma otalig‘idagi Qarshi shahridagi 18-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab internatiga tashrif buyurdi.
Maktabda imkoniyati cheklangan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganib, oziq-ovqat ta’minoti va sifati, oshxona hamda yotoqxona, sinfxona, kutuxonani ko‘zdan kechirdi. So‘ngra, videokuzatuv tizimini ko‘zdan kechirib, bolalarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.
Shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy tadbirlar, davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini ta’kidladi.
O‘rganishlar davomida boshqarma Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida bo‘lgan podpolkovnik Hotam Qodirov markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish, bolalarning yoshiga xos bo‘lgan psixofiziologik xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ijtimoiy moslashuvi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tish tavsiyasini berdi.
Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarga tibbiy-pedagogik yordam ko‘rsatish, ularning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, ular bilan nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning mohiyatini tushuntirish va oldini olish bo‘yicha yakka tartibdagi profilaktika ishlar tashkil etish lozimligini mas’ullarga tushuntirdi.
O‘rganishlar davom etmoqda.

Text to speech