29 Dekabr 2022 yil 269

Bolajonlarga Prezident sovg‘asi topshirildi

Yangi yil bayrami arafasida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati yurt tinchligi, el osoyishtaligini ta’minlashdek mashaqqatli xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan xodimlarning xonadoniga tashrif buyurishdi. 

Tadbir doirasida dastlab burchini bajarish chog‘ida vafot etgan o‘n olti nafar xodimlarning oilasiga tashrif buyurgan boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev bolajonlarga Prezidentimizning Yangi yil sovg‘asi topshirdi. Shu bilan birga Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatining sovg‘alari va badiiy kitoblar to‘plami ham berildi.

Boshqarma Faxriylar kengashi raisi iste’fodagi polkovnik Sodiq Islomov va ichki ishlar organlari xodimlari bolajonlar bilan suhbat davomida otasining jasorati va xizmat yillaridagi xotiralari, erishgan muvaffaqiyatlarini yodga olishdi.

O‘z navbatida bolalar kelajakda otasi singari ichki ishlar organlarida Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish istagini bildirishdi.  

Yurtboshimizning bayram sovg‘alari bolajonlarga bayramga xos zavqu-shavq, o‘zgacha tassurotlar berdi.

Text to speech