15 Yanvar 2021 yil 596

BOʼLАJАK VАTАN HIMOYАCНILАRI

Qashqadaryo viloyati IIB tasarrufidagi “Yulduzcha” maktabgacha taʼlim tashkilotida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Biz boʼlajak Vatan himoyachilari” mavzuida sahnalashtirilgan tadbir boʼlib oʼtdi. Unda ota-onalar va MTT tarbiyachilari ishtirok etishdi.

            Dastlab tadbirda sahnaga “Аmir Temur” va “Аlpomish” nomli guruhlar chiqib saf tortdi. Davlatimiz madhiyasi kuylangach, guruhlar oʼzlarini tanishtirishdi. Unda sardorlar guruh nomiga qisqacha tavsif berishdi. Soʼngra, tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari bayrogʼimiz poyida Vatanga sadoqat va muhabbat, uni sevish, uni koʼz qorachigʼidek asrash, yurtni istiqloli va istiqboli, osoyishtaligi yoʼlida xizmat qilish uchun qasamyod qilishdi.

Tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari sahna koʼrinishlarida askarlarimiz matonati va jasorati haqida  sheʼriy tilda oʼz fikrlarini bayon etishdi. Vatanni madh etuvchi kuy-qoʼshiqlar joʼrligida jangovar mashqlarni ijro etishdi. Guruhlar Oʼzbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Аbdulla Oripovning “Oʼzbekiston” va Ona Vatan sheʼrlaridan namunalar oʼqishdi.

Yakunda esa oʼzaro arqon tortish, harbiy kiyimni tez kiyish, jangovar raqs yoʼnalishlarida oʼzaro bahslashdilar.

Bir soʼz bilan aytganda bolajonlar qalbida ona Vatan, yurt sarhadlarini qoʼriqlash, oilani koʼz qorachigʼidek asrash borasidagi tushunchalar yanada mustahkamlandi. 

Text to speech