28 May 2022 yil 627

Bola tarbiyasiga eʼtibor– kelajakka eʼtibor


Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Bola tarbiyasiga eʼtibor– kelajakka eʼtibor” mavzusida “Maʼrifat darsi” boʼlib oʼtdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, sohaviy xizmatlar xodimlari, faxriylar va Qarshi davlat universiteti oʼqituvchilari ishtirok etdi. Tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining 1-oʼrinbosari polkovnik Jasurbek Аtaev ochdi.
Tadbirda soʼzga chiqqan viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʼrsatish markazi boshligʼi
podpolkovnik Iroda RasulovaFarzand tarbiyasi mamlakat taraqqiyoti va kelajagi bilan bevosita bogʼliqligini taʼminladi. Shu bois azal-azaldan, mahalla ahli, ayniqsa, nuroniy ota­xon-u onaxonlarimiz koʼcha-koʼyda nobop xatti-harakat qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo oʼtib ketishmagan. Shu zahotiyoq tanbeh berib, toʼgʼri yoʼlga solishgan. Kerak boʼlsa, bu holat mahalla ahli oʼrtasida muhokama qilinib, bolaning ota-onasiga nisbatan taʼsir choralari koʼrilgan.
Bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimiz barkamol avlodni tarbiyalashdir. Shu bois ham mamlakatimizda barcha xayrli ishlar avvalo oilalarni mustahkamlash va yosh avlodning yorugʼ kelajagini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Zero, oila sogʼlom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kelajagimiz egalarining taʼlim-tarbiyasi, ularning huquqbuzarlik va jinoyatchilik koʼchasiga kirib qolmasliklari borasida keng koʼlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati tizimi­da faoliyat koʼrsatuv­chi voyaga yetmaganlar masalalari boʼyicha inspektorlar, psixologlar tomonidan taʼlim muassasa­larida «Davomat» va «Tun» tadbirlari oʼtkazilib, qarovsiz hamda nazoratsiz yurgan bolalar aniqlanib, ular­ning ota-onasiga nisbatan tegishli choralar koʼrilmoqda. Oʼz navbatida bu voyaga yetmaganlar oʼrtasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklar­ning bar­vaqt oldini olishda muhim omil boʼlib xizmat qilayotir.
Tadbirda Ichki ishlar organlari xodimlari oʼqishi uchun tavsiya etilgan “Аlpomish” dostoni haqida Qarshi Davlat Universiteti dotsenti Shaxnoza Qahhorova ishtirkochilarga mavzu doirasida maʼruza qildi.
Bundan tashqari Oʼzbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentyabrь kunidagi “Ichki ishlar organlari toʼgʼrisida”gi qonuni haqida boshqarma Tashkiliy boshqarma yuridik taʼminlash boʼlimi katta yuristkonsulьti kapitan Shovkat Nabiev maʼruza qilib, ishtirokchilarning savollariga tegishli javoblar berdi.
Yakunda Ichki ishlar vazirligi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan taqdim etilgan “Vijdon saratoni” nomli hujjatli filьm namoyish etildi.

Text to speech