1 Iyun 2022 yil 270

Bola kulsa, olam kuladi

    Har yili mamlakatimizda 1 iyunь – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng miqyosda bolajonlar ishtirokida nishonlanadi. Sana munosabati bilan viloyat musiqali drama teatrida “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” nomli teatrlashgan bayram tadbiri boʼlib oʼtdi. Unda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari hamda xizmat vazifasini bajarish chogʼida halok boʼlgan xodimlar farzandlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
   Bayram tadbirida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari, polkovnik Olimjon Аbdullaev va sohaviy xizmatlar boshliqlari ishtirok etib, bolajonlar va xizmat vazifasini bajarish chogʼida halok boʼlgan xodimlar farzandlarini bayram bilan qutlab, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan tayyorlangan sovgʼalarni ham topshirishdi.
    Tadbir yakunida “2karra2” mavzuli teatrlashtirilgan bayram tomoshasi bolajonlar eʼtiboriga havola etildi. Sahna koʼrinishlaridan bolajonlar oʼzgacha zavqu-shavq, unutilmas tassurotlar olishdi.

Text to speech