“Bobur ijodi ma’nolar xazinasi”
Qarshi shahridagi Yoshlar markazida buyuk davlat
arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi
munosabati bilan “Bobur ijodi ma’nolar xazinasi” shiori ostida “Zakovat”
intelektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy
bo‘limlar va sohaviy xizmatlari hamda shahar tuman ichki ishlar bo‘limlari
xodimlaridan iborat o‘n oltita jamoalar Bobur ijodi va hayotiga oid bilimlarini
sinovdan o‘tkazishdi.
Qizg‘in bahs va munozaralar asosida bo‘lib o‘tgan
“Zakovat” intelektual o‘yini yakuniy natijalariga ko‘ra, Koson tuman Ichki
ishlar bo‘limi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli
o‘rinlarni Ko‘kdala tuman ichki ishlar bo‘limi va Qarshi shahar ichki ishlar
organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlaridan iborat jamoa
qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar Qashqadaryo
viloyati ichki ishlar boshqarmasining diplomi va esdalik sovg‘alari bilan
taqdirlandi.