19 Aprel 2024 yil 414

Boshqarma boshlig‘i bilan uchrashuv

Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov viloyatda faoliyat olib borayotgan ijtimoiy tarmoq faollari bilan uchrashdi. Uchrashuvda boshqarma boshlig‘i ijtimoiy tarmoq faollari boshqarma Axborot xizmati bilan hamkorlikda jamiyatda yuz berayotgan huquqbuzarlik, jinoyatlarni oldini olishda ayniqsa, fuqarolarimizning jinoyatning yangi ko‘rinishi kiber jinoyatlarni qurboni bo‘lib qolmasliklari uchun ogohlikga chaqirish, yoshlar o‘rtasida qayd etilayotgan ma’muriy va jinoiy javobgarliklarni aksariyati qonunni bilmaslik ortidan sodir etilayotgani, lekin qonunni bilmaslik jazodan ozod etmasligi to‘g‘risidagi ijtimoiy materiallarni ko‘proq yoritish bo‘yicha o‘z takliflarni bildirdi. 

Keng ko‘lamli uchrashuvda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollarining ichki ishlar organlari faoliyati va jamiyatda uchrayotgan qonunbuzarliklarga oid xabar va yangiliklarni yoritishda shaffoflik va adolatli bo‘lish, voqealarni ommabopligini emas, balki haqiqatga asoslanganligini ta’minlash juda dolzarb mavzu ekanligi borasida so‘z yuritildi.

Yakunda har bir ijtimoiy tarmoq faolining jamiyatda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, turli firibgarlikka asoslangan havolalardan fuqarolarni ogoh etish borasida ichki ishlar organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish borasida taklif va tavsiyalari tinglandi. Ochiq muloqot ruhida kechgan bu kabi uchrashuvlar OAV hamda ijtimoy tarmoqlarda yoritilayotgan xabar va yangiliklarni  aholiga to‘g‘ri va ro‘yi-rost yetkazilishi uchun xizmat qilishi shubhasiz.

Text to speech